Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida kitobxonlik soati tashkillandi.
Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini taʼminlash  maqsadida Fargʻona filialida joriy yilning 4-mart  kuni filial axborot resurs markazi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan filial professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari ishtirokida kitobxonlik soati tashkillandi. 
Koʻrgazmada fevral oyida filial maʼmuriyati tomonidan sotib olingan badiiy, siyosiy  adabiyotlar bilan tanishtirildi.