Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini taʼminlash  maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Fargʻona  filialida filial Axborot resurs markazi boʻlimi  boshligʻi G.Matkarimova  tomonidan oktabr  oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi”  tashkil etildi. Koʻrgazmada filial kutubxonasi  fondidan joy olgan barcha turdagi  oʻquv-uslubiy majmualar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darslik, siyosiy-badiiy adabiyotlar,  elektron kutubxona hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kutubxona bilan  tanishtirildi.