Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik  madaniyatini  oshirish  hamda  targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini taʼminlash  maqsadida Fargʻona  filialida filial Axborot resurs markazi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 7-iyun sanasida  iyun  oyi malaka oshirish kursi  tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi”  tashkil etildi. Koʻrgazmada filial kutubxonasi  fondidan joy olgan barcha turdagi  oʻquv-uslubiy majmualar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darslik, yangi olingan siyosiy-badiiy adabiyotlar,  elektron kutubxona hamda jismoniy tarbiya va sportga oid, jahon adabiyoti, siyosiy va badiiy adabiyotlar joylangan QR-kodli elektron kutubxona bilan xam tanishtirildi.