Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271- sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filial Axborot resurs markazi boʻlimi boshligʻi G.Matkarimova tomonidan joriy yilning 7-may sanasida may oyi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Kitoblar koʻrgazmasi” tashkil etildi.
Koʻrgazmada filial kutubxonasi fondidan joy olgan oʻquv-uslubiy majmualar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darslik hamda siyosiy-badiiy adabiyotlar tanishtirildi.



