Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Kibersport” mavzusida seminar oʻtkazildi
Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida "Kibersport" nomli seminar tashkil qilindi.


