Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida karate sport turi boʻyicha trener va mutaxassislar salohiyatlarini oshirish boʻyicha institutda bo'lib o'tayotgan seminar treningda onlayn shaklda ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Karate (WKF) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-356-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2023 – 2026-yillarda karate (WKF) sport turini rivojlantirish dasturi”ning 10-bandida karate boʻyicha trener va mutaxassislar salohiyatini oshirish, trener va hakamlar uchun oʻquv-seminar tashkil etish va oʻtkazish belgilangan. Shu maqsadda 2024-yil 12-15-mart kunlari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida seminar-trening tashkil etilishi belgilangan boʻlib, institutning Fargʻona filialida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyati karate sport turi boʻyicha trener va mutaxassislari ushbu seminarda onlayn tarzda ishtirok etmoqda.


