Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilganligi 10 yillik sanasi munosabati bilan davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 22-may kuni Fargʻona filialida  Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilganligi 10 yillik sanasi munosabati bilan olimpiya, jahon hamda nufuzli xalqaro musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuvlar, oʻzaro muloqotlar tashkillash maqsadida Oʻzbek boksining afsonalari, boks boʻyicha olimpiya va jahon chempioni  Muhammadqodir Abdullayev hamda boks bo‘yicha olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni O‘tkirbek Haydarovlar ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatida filialning  “Boks” guruhi tinglovchilari hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti xalqaro fakultet talabalari qatnashdi. Davra suhbatida M.Abdullayev, O‘.Haydarov va sport mutaxassislari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.