Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida institutning 10 yilligiga bagʻishlab sport tadbirlari davom etmoqda…

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida  institutning 10 yilligiga bagʻishlab sport tadbirlari davom etmoqda. 
Jumladan filial oʻquv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 27-sentyabr kuni “Neftchi” PFK bosh treneri Vitaliy Grigorevich Levchenko (Tojikiston) hamda  Fargʻona viloyati futbol assotsiatsiyasi   texnik direktori Ravshan Mirzakarimov, "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professor-oʻqituvchilari, xususan B.V.Bekov, Q.Yu.Nazirov, K.K.Mirzabaev, A.S.Jaxbarovlar tomonidan “Futbol” guruhi tinglovchilari uchun “Haftalik va oylik sikllarda futbolchilar funksional tayyorgarligini optimallashtirish” mavzusida nazariy dars mashgʻuloti oʻtkazildi.