Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida institutning 10 yilligiga bagʻishlab sport tadbirlari davom etmoqda…

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida institutning 10 yilligiga bagʻishlab sport tadbirlari, davra suhbatlari, nufuzli musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-sentyabr kuni  filialning sentyabr oyi malaka oshirish kursi “Boks” guruhi tinglovchilari uchun Oʻzbekiston faxri boʻlgan bokschi Oʻtkirbek Haydarov hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Maʼrufjon Ahmedov ishtirokida davra suhbati tashkillandi. Davra suhbatida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.