Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda…

 Joriy yilning 10–11-oktabr kunlari institutning Fargʻona filialida “Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi dolzarb muammolar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtadi.
Anjumanni yuqori ilmiy saviyada va uyushqoqlik bilan tashkil etish, shuningdek, Fargʻona filialida olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, institutning Ilmiy ishlar va ilmiy-pedagog kadrlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Oʻ.Utenov Fargʻona filialida boʻlib, filialda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi hamda anjuman oldidan dolzarb jihatlar boʻyicha maslahatlar berdi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjuman – soha rivojiga munosib hissa qoʻshish, ilmiy tajriba almashish va yangi yondashuvlarni ilgari surish uchun muhim maydon boʻlishi kutilmoqda.