Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda.

Filialga nufuzli sport musobaqalari gʻolib va sovrindorlari, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, ular ishtirokida anjumanlar, davra suhbatlari oʻtkazish hamda oʻquv, sport va ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan hamkorlik ishlarini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 16-may kuni Fargʻona filialida Rossiyalik yengil atletika boʻyicha malakali trener, xalqaro toifadagi sport ustasi, Pekin hamda London olimpiadalari ishtirokchisi, Dementyeva Tatyana Valeryevna bilan hamkorlik uchrashuvi tashkillandi hamda oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, Dementyeva Tatyana Valeryevna filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, oʻzaro hamkorlikni aloqalarini yanada mustahkamlash va kelgusida amalga oshiriladigan rejalar boʻyicha fikr almashildi.