Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 28-mart kuni filial yillik rejasiga asosan oʻquv jarayonlariga yuqori malakali amaliyotchi va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, xorijiy sport mutaxassislari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ular bilan  oʻzaro tajriba almashish maqsadida Afgʻoniston Respublikasi  Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi rahbari Kohi Mahammad Azam hamda Qozogʻston Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi rahbari Abdaxin Serik Nurgalevich  bilan hamkorlikda zoom platformasi orqali onlayn davra suhbati tashkillandi. 
Onlayn davra suhbatida Fargʻona filiali direktori A.Tishabayev ishtirok etib ilmiy, oʻquv-uslubiy, pedagogik ish faoliyatda xalqaro hamkorlik boʻyicha oʻzaro tajriba almashish, tomonlarni qiziqtiruvchi ilmiy-texnikaviy yangiliklar boʻyicha oʻzaro axborot almashish va boshqa bir qancha yoʻnalisharda  hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishga kelishib olindi.