Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 22-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida sport federatsiyalarining Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari hududiy boʻlimlari, shuningdek ushbu viloyatlarning sport assotsiatsiyalari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda har ikki taraflar kelgusida sport turi boʻyicha taniqli sportchilar, xorijiy va mahalliy mutaxassislar va filial tinglovchilari oʻrtasida uchrashuvlar, mahorat darslari hamda davra suhbatlari tashkil etish, trenerlarni malakasini oshirish jarayoniga tashkilotning malakali mutaxassislari ishtirokini taʼminlash, tinglovchilar bilan amaliy, koʻchma mashgʻulotlarni tashkilot sport bazasida oʻtkazishni hamkorlikda olib borishga va boshqa sohaga oid koʻplab masalalar yuzasidan kelishib olindi. Uchrashuv soʻngida tomonlar  oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.