Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida futbol bo‘yicha mahorat darsi va davra suhbati tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialining o‘quv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminarlar, davra suhbatlari va mahorat darslarini tashkil etish rejasiga asosan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi instruktori, p.f.n, Professor Iseyev Shamil Tagirovich tomonidan “Futbol” guruhi tinglovchilari uchun mahorat darsi va davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda:
Zamonaviy futbol ta’limi va murabbiylik metodikasi;
“Catapult” va “SmartJump” texnologiyalari;
Trenerlikda innovatsion IT vositalar kabi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bu kabi tadbirlar futbol trenerlari hamda sport mutaxassislarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini zamonaviy talablarga muvofiq rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.


