Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida Fargʻona davlat universiteti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi va Fargʻona davlat universiteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedralari oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi va undagi vazifalarni bajarilishi yuzasidan Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi. 
Davra suhbatida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilganligining 10 yillik sanasi munosabati bilan, 2024-yil 11-12-oktabr kunlari institutda oʻtkaziladigan Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik, shuningdek kafedralar professor-oʻqituvchilarini ilmiy maqola hamda tezislari bilan ishtirok etishlari haqida suhbat olib borildi.