Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida dissertatsiya ishining dastlabki kafedra muhokamasi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-oktabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Qambarov Orzubek Faxriddinovichning 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish asosida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi dastlabki filial kafedra muhokamasi boʻlib oʻtdi. Filial direktori A.Tishabayev raisligida oʻtkazilgan ushbu muhokamada kafedra mudiri N.Yuldasheva, v.b. dotsent P.f.b.f.d. (PhD) D.Norqulov, v.b. dotsent F.f.b.f.d. (PhD) U.Azimov va boshqa professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Muhokama soʻnggida O.Qambarovning dissertatsiyasi yuzasidan fikr, mulohaza va takliflar tinglandi.