Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi
Joriy yilning 5-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali yanvar oyi “Boks” guruhi tinglovchilariga boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni, harbiy xizmatchilar oʻrtasida jahon chempioni Lazizbek Mullajonov hamda boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Jahon chempioni, Osiyo chempionati sovrindori, Oʻzbekistonning koʻp karra chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatida L.Mullajonov va A.Moʻydinxoʻjayevlar tomonidan tinglovchilarga yosh bokschilarning texnik-taktik mahoratini takomillashtirish, shuningdek boks sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.