Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi N.Matxoshimov tomonidan dekabr oyi “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilari hamda filial professor oʻqituvchilari ishtirokida “Pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlanganligi hamda bunday harakatlar uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185(1)-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 250(1)-moddasida tegishli javobgarlik va jazo choralari belgilanganligi alohida taʼkidlab o'tildi.


