Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi stol tennisi boʻyicha treneri, koʻp marotaba Oʻzbekiston chempioni, xalqaro turnirlar gʻolibi, Sport ustasi hamda oliy toifali murabbiy Sotvoldiyeva Nilufar Tursunovna hamda “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkillandi. 
Ushbu davra suhbatida N.Sotvoldiyeva sportdagi oʻz tajribasi va yosh trenerlarga maslahatlari bilan oʻrtoqlashdi. Davra suhbatida savol-javoblar, fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.