Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi.

Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Fargʻona viloyati Sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi  direktori, sport ustasi (tennis sporti boʻyicha) Sidxodjaev Sobirxon Sultonxadjaevich tomonidan iyun oyi “Tennis” guruhi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbati davomida:
-Trenerlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tennis boʻyicha sportchilarni tayyorlashda trenerning roli;
-Tennis boʻyicha trenerlik faoliyatining samaradorligini oshirish yoʻllari haqida maʼlumotlar berildi. 
Tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.