Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 18-iyun kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport institutining Fargʻona filialida “Korrupsiyaviy jinoyatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Fargʻona shahar Adliya boshqarmasi bosh yuristi Imanov Ulug‘bek va Fargʻona shahar IIOFMB 1-son profilaktika inspektori katta leytenanti Qambarov Azizbek Faxriddinovich, Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari hamda sport turlari boʻyicha trenerlar ishtirok etdi.
Korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi qonuniy kurashish usullari keng yoritildi.
Qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berishdi.


