Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialining oʻquv jarayoniga malakali mahalliy va xorijiy sport mutaxassislarini jalb qilgan holda seminar, davra suhbati va mahorat darslarini tashkil etish rejasiga asosan Fargʻona filialida mart oyida malaka oshirishayotgan “Og‘ir atletika” guruhi tinglovchilariga og‘ir atletika bo‘yicha sport ustasi, faxriylar o‘rtasida 5 karra jahon chempioni Najmiddinov Fatiddin Ergashevich bilan davra suhbati tashkillandi. Tinglovchilar davra suhbatida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.