Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkillandi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida 13-oktabr kuni Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan MDH Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi haqida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Filial “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi dotsenti v.b. f.f.b.f.d.,(PhD) U.Azimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etganligi, shuningdek, davlat rahbarlari kengashi kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalarda  qoʻshma dastur loyihalarni amalga oshirish masalalari oʻrin olganligini aytib oʻtdi.