Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filial direktor oʻrinbosari  B.Bekov tomonidan “Futbol” guruhi tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–355-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda futbol boʻyicha “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga qayta tayyorlash kurslari haqida maʼlumotlar berildi hamda fikr-mulohazalar almashildi.