Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 11-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida institutning “Oʻquv jarayonini metodik taʼminlash boʻlimi” boshligʻi, dotsent S.Nazarov ishtirokida filialda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar bilan uchrashib, ularni ilmiy faoliyatlari, o’quv-uslubiy ishlari yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalarini berib o’tdi hamda o’zaro fikr va muholazalar bildirildi.