Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida institutning 2024-yil 11-yanvar kungi 01-02/2/82-son xatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida filial direktor oʻrinbosari B.Bekov tomonidan “Futbol” guruhi tinglovchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–355-sonli Qarorining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda futbol boʻyicha “futbol treneri”, “futbol hakami”, “futbol tahlilchisi”, “futbol seleksioneri” (skaut), “futbol menejeri”, “futbol marketologi” kabi mutaxassisliklarga qayta tayyorlash kurslari haqida maʼlumotlar berildi hamda fikr-mulohazalar almashildi.


