Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 9-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchisi Gʻulomov Zafarbek tomonidan “Raqib oyoqlari orasiga oyoq solib tizza bilan o‘ngga aylanib tashlash usulini qo‘llash” mavzusida davra suhbati tashkillandi.  
Ushbu davra suhbatida “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchilari ishtirok etib, Z.G‘ulomov tomonidan mavzu bo‘yicha  koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtdi. Shuningdek davra suhbatida Z.G‘ulomovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular erishgan natijalar haqida ham ma’lumot berib o‘tildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.