Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini “Sport turlari boʻyicha trenerlar” malaka oshirish kursi tinglovchilariga tushuntirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi tarkibi bilan “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b dotsenti, f.f.b.f.d.,(PhD) U.Azimov ishtirokchilarni tanishtirib oʻtdi.
Mazkur yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan, 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan hamda 6 boʻlim, 27-bob va 155-moddadan iborat.