Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 4-noyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida "Davlat tilida ish yuritish" mavzusida filial professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. 
Oʻquv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Bekov, tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng koʻp qoʻllaniladigan hujjatlar, ularning tuzish tartib-qoidalari haqida ishtirokchilarga maʼlumotlar berdi.