Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati oʻtkazildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialida institutning 2023-yil 26-iyundagi U-60-sonli buyrugʻida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida davra suhbati tashkillandi. 
Davra suhbatida oʻquv, ilmiy va xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Bekov hamda “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi v.b dotsenti, f.f.b.f.d.,(PhD) U.Azimov tomonidan filial pedagog xodimlari va tinglovchilar  oʻrtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini olish borasida targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.