Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida davra suhbati oʻtkazildi.
Joriy yilning 20-dekabr kuni Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida filial xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Sh.N.Kurbonova tomonidan davra suhbati tashkillandi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-son “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek davra suhbatida oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib etish orqali oilalardagi sogʻlom va maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash;
xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirish choralarini koʻrish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.


