Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filialida davra suhbati oʻtkazildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida 2023-yil 7-dekabr kuni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-tabiiy fanlar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan Dekabr oyi "Boks" va "Futbol" guruhlari malaka oshirish kursi  tinglovchilariga "Konstitusiya-baxtimiz qomusi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. 
Ushbu davra suhbatida tarix fanlari doktori, prof. B.A.Usmonov mavzu yuzasidan tinglovchilarga maʼlumotlar berdi. Davra suhbati bahs munozaraga boy tarzda oʻtdi.