Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida "Davlat tilida ish yuritish masalalari" mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 21-may kuni Fargʻona viloyati pedagogik mahorat markazi tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi Nazirova Nargiza Odiljonovna tomonidan Farg‘ona filialida “Davlat tilida ish yuritish masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda:
Davlat tilida hujjatlar yuritishning qonuniy va amaliy jihatlari
Rasmiy hujjatlar tuzish qoidalari
Tez-tez uchraydigan xatolar va ularning yechimlari
Elektron hujjat aylanishidagi til talablari haqida maʼlumotlar berildi.
Amaliy mashgʻulotlar:
Hujjatlar tuzish va tahlil qilish
Xatolarni aniqlash va tuzatish
Real vaqtda hujjat yozish


