Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida Book cafe
Joriy yilning 20-aprel sanasida Farg‘ona filiali xodimlari hamda tinglovchilari ishtirokida “Book kafe” loyihasi doirasida Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” asari yuzasidan mazmunli va qizg‘in muhokama tashkil etildi. Tadbir davomida asarning g‘oyaviy yo‘nalishi, undagi tarixiy va ma’naviy ildizlar, insoniy qadriyatlar chuqur tahlil qilindi.
Tinglovchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, asarda ilgari surilgan fikrlarning bugungi kun bilan uyg‘un jihatlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, tinglovchilar tomonidan asar qahramonlarining xarakteri, ularning hayotiy qarorlari va ruhiy kechinmalari yuzasidan qiziqarli bahs-munozaralar olib borildi.
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-05-06.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-05-03.jpg)
/foto%20fevral%20mart/Mart%20Aprel/%D0%9D%D0%BE%D0%B2%D0%B0%D1%8F%20%D0%BF%D0%B0%D0%BF%D0%BA%D0%B0%20(5)/photo_2026-05-06_13-04-56.jpg)