Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “Ayollarga ehtirom” mavzusida davra suhbati tashkillandi.
Joriy yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” sohibasi Kurbonova Mushtariybegim bilan “AYOLLARGA EHTIROM” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatida M.Kurbonova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti haqida, ushbu davlat mukofoti sohibalariga beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek yurtimizda ayol-qizlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar toʻgʻrisida davra suhbati ishtirokchilariga maʼlumotlar berib oʻtdi. Shuningdek, M.Kurbonova yaqinlashayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan barcha ayol-qizlarni samimiy tabrikladi.
Davra suhbatida Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari hamda sport turlari boʻyicha trenerlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.


