Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tadbir tashkillandi.
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda filial axborot-resurs markazi boʻlimi boshligʻi G.Matkarimova tinglovchilarga Amir Temur haqida turli qiziqarli va tarixiy maʼlumotlarni taqdim etdi.
U Sohibqiron bobomizning:
•kuchli, markazlashgan davlat asoschisi boʻlgani,
•Hindistondan Qora dengizgacha, Sirdaryodan Fors qoʻltigʻigacha boʻlgan katta hududni birlashtirganligi,
•ilm-fan, adolat va zakovat bilan davlatni boshqargani,
•mashhur olim va ulamolar bilan doimiy maslahatlashib ishlagani,
•bunyodkorlik sohasida ham katta ishlar qilgani haqida soʻz yuritdi.

