Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 9-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirni “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent N.Yuldasheva ochib berdi. U milliy qadriyatlarimiz va ajdodlar merosini o‘rganish muhimligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng FarDU “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor B.A.Usmonov so‘zga chiqib, Amir Temurning hayoti, harbiy iste’dodi va Temuriylar sulolasi asoschisi sifatidagi faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.
Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.


