Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan tadbir tashkillandi
Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻi qabul qilinganining 32-yilligiga bagʻishlab Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida bir qator tadbirlar tashkillandi. Tadbirni filial direktor oʻrinbosari B.Bekov ochib berdi. Shundan soʻng filial professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda tinglovchilari bilan “18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” mavzusida Fargʻona Davlat universiteti “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasi tarix fanlari doktori (DSc) B.A.Usmonov ishtirokida tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda B.Usmonov tinglovchilarga bayroq soʻzining lugʻaviy maʼnosi, uning paydo boʻlishi hamda mustaqil Oʻzbekistonning bayrogʻini qabul qilinish tarixi, bayroq ranglari va undagi ramzlarni kelib chiqishi va qaysi maʼnoni anglatishi haqida soʻzlab berdi.


