Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filialida “18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog'i!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
Oʻzbekiston Davlat Bayrogʻi qabul qilinganining 33-yilligiga bagʻishlab Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida bir qator tadbirlar tashkillandi. Tadbirni filial direktori A.Tishabayev ochib berdi. Shundan soʻng filial professor-o’qituvchilari va xodimlari bilan “Sport psixologiyasi, ijtimoiy - tabiiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Toirov ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrog'i!” shiori ostida tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Sh.Toirov tadbir qatnashchilariga Oʻzbekistonning Davlat bayrogʻini qabul qilinish tarixi, bayroq ranglari va undagi ramzlarni kelib chiqishi va qaysi maʼnoni anglatishi haqida soʻzlab berdi.

