Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida nazariy hamda amaliy tarzda mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Boks” guruhi tinglovchisi Andijon viloyati Izboskan tumani sport maktabi muay tay treneri Moʻydinov Mansurbek Koraboyevich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida M.Mo'ydinov nazariy hamda amaliy tarzda muay tay texnikasi, qoidalari, usullari hamda tirsaklar bilan tog'ridan va aylanma zarba berish usullari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.




