Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi va amaliy dars tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali mart oyi  tinglovchisi, Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Yengil atletika treneri Terniyayeva Irina Aleksandrovna tomonidan Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darsi va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun amaliy dars oʻtkazildi. 
Unda Fargʻona filiali direktor oʻrinbosari v.b. O.Qambarov,  “Taʼlim sifatini nazorat qilish va monitoring” boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari” malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etdi.  Shuningdek, mahorat darsi va amaliy darsda I.Terniyayevaning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.