Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 100 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali mart oyi “Qo‘l jangi” guruhi tinglovchisi Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani sport maktabi treneri Alimov Valijon No‘monovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida qo‘l jangi sport turi boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.