Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 88 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Yunon-rum kurashi” guruhi tinglovchisi Fargʻona viloyati Fargʻona shahar 1-son sport maktabi Yunon-rum kurashi treneri Rafutdinov Ilshad Maratovich tomonidan Yunon-rum kurashida “2 balli, 4 balli usullarni bajarish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida I.Rafutdinov yunon-rum kurashchilarining tаktik tаyyorgаrligi, 2 balli va 4 balli usullarni bajarish va boshqa usullar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular erishgan natijalar haqida ham maʼlumotlar berildi.