Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Boks” guruhi tinglovchisi Andijon viloyati Izboskan tumani sport maktabi boks treneri Kuchkarov Axmadali Askarovich tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida A.Kuchkarov amaliy tarzda boks texnikasi, usullari, zarbalar va himoyalanishlar to‘g‘risida zaruriy koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.


