Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 92 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Belbogʻli kurash” guruhi tinglovchisi Namangan viloyati Uychi tumani 1-son sport maktabi Belbogʻli kurash  treneri Toʻxtasinov Islombek tomonidan “Bеlbоg’li kurаshchilаrning tаktik tаyyorgаligi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.  
Ushbu mahorat darsida I.To‘xtasinov Bеlbоg’li kurаshchilаrning tаktik tаyyorgаrligi, oyoq chаlish bilаn ulоqtirish va boshqa usullar boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular erishgan natijalar haqida ham ma’lumotlar berildi.