Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 88 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan “Futbol” guruhi tinglovchisi Farg'ona viloyati Marg‘ilon shahar 1-son sport maktabi futbol treneri Rustamov Maxmudbek tomonidan “12-14 yoshdagi yosh futbolchilarga to’pni uzatish va qabul qilish texnikasini o'rgatish” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Ushbu mahorat darsida M.Rustamov amaliy tarzda futbol texnikasi, qoidalari, usullari hamda 12-14 yoshdagi yosh futbolchilarga to’pni uzatish va qabul qilish texnikasini o'rgatish boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalarni berib oʻtdi.
Mahorat darsida ushbu trenerning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar tashkillandi.


