Yangilik haqida batafsil
Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 88 ball toʻplab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali may oyi “Dzyudo” guruhi tinglovchisi Ostonayev Suxrob G‘afforovich tomonidan Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida mahorat darsi oʻtkazildi.
Unda filial “Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish” boʻlimi boshligʻi M.Hamroliyeva hamda "Dzyudo" guruhi tinglovchilar ishtirok etishdi.
Shuningdek, mahorat darsida S.Ostonayevning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.


