Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 100 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali mart oyi  tinglovchisi, Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Yengil atletika treneri Qodirov Javlon Ravshanbek o‘g‘li  tomonidan Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi v.v.b. professori Q.Nazirov hamda "Yengil atletika" guruhi tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, mahorat darsida J.Qodirovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.