Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 100 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali mart oyi  tinglovchisi, Farg'ona viloyati Dang'ara tumani sport maktabi Yengil atletika treneri Aliyarov Safarjon Negmatullayevich  tomonidan Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  filial “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.Norqulov hamda "Yengil atletika" guruhi tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, mahorat darsida S.Aliyarovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.