Yangilik haqida batafsil

Fargʻona filiali tinglovchisi ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 93 ball to‘plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan Fargʻona filiali mart oyi  tinglovchisi, Andijon Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks treneri Razakov Sardorbek  tomonidan Farg'ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida  mahorat darsi oʻtkazildi. 
Unda  filial direktor o‘rinbosari v.b. O.Qambarov hamda "Boks" guruhi tinglovchilar ishtirok etishdi. Shuningdek, mahorat darsida S.Razakovning shogirdlari ham ishtirok etib, ular ishtirokida amaliy mashgʻulotlar tashkillandi.